Qoʻqonda bir guruh shaxslar koʻp yillik chinorni arralab, qochib ketdi

18:46 14 Fevral 2025 Jamiyat
249 0

Foto: Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida sogʻlom chinor daraxti hech qanday asossiz kesilgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, shu kunning oʻzida Fargʻona viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi Qoʻqon shahar boʻlimi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda Qoʻqon shahar “Zilol” MFY A.Xoʻqandiy mavzesi 53-koʻp qavatli uylar joylashgan hududda oʻrganish nazorat ishlarini olib borgan.

Oʻrganishda haqiqatdan ham hududda nomaʼlum shaxslar tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz koʻp yillik chinor daraxtini tagidan yarim qismiga qadar arralab ketilgan holati aniqlangan. Holat yuzasidan tegishli tashkilot xodimlari ishtirokida tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, dalolatnoma tuzilgan hamda 117 mln soʻm oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblangan.

Qoʻshimcha qilinishicha, holatga asosan toʻplangan hujjatlar Qoʻqon shahar prokuraturasiga taqdim etilib, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar oʻrganish ishlari davom etmoqda. Oʻrganish ishlari yakunlangandan soʻng, bu haqda yana qoʻshimcha maʼlumot berilishini bildirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер