Qoʻqonda 60 yoshli shaxs uyida 47 tup koʻknori yetishtirayotgani aniqlandi
Foto: Fargʻona viloyati IIB
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi xonadonlardan birida parvarishlab kelinayotgan 47 tup koʻknori fosh boʻldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qoʻqon shahrida oʻtkazilgan “Qoradori-2025” tezkor tadbiri davomida “Ashirqulmergan” mahallasida yashovchi 60 yoshli Yo.X.ning xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. Tekshiruv jarayonida ushbu shaxs tomorqasida 47 tup koʻknori oʻsimligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan.
Bundan tashqari Dangʻara tumani IIO xodimlari tomonidan tuman hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda yuqoridagi kabi holatlardan yana biri aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, “Qashqar” mahallasida yashovchi 49 yoshli ayol yashash xonadonida 118 tup agrotexnik ishlov berilgan koʻknori giyohvandlik oʻsimliklariga oʻxshash oʻsimlikni ekib, parvarishlab kelgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar giyohvand moddalarni yetishtirish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. Ogoh boʻling!”, deyiladi IIB xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring