Qoʻqon shahrida “Mendeleev Kids and Junuiors” loyihasini amalga oshirishga kirishildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbarining joriy yil 11-12-iyul kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida barkamol avlod orzusi yoʻlida bir qator tashabbuslar ilgari surilgan edi.
Ezgu tashabbus doirasida yangicha qiyofaga ega boʻlgan Qoʻqon shahridagi 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabi “Oʻzkimyosanoat” AJ shafeligiga olindi hamda bilim dargohida Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent filiali tomonidan yangi loyihani amalga oshirishga kirishildi.
Shu maqsadda kuni kecha universitet rahbariyati va Qoʻqon shahar hokimligi oʻrtasida memorandum imzolanib, maktabda “Mendeleev kids and juniors” loyihasi taqdimoti oʻtkazildi. Yangi loyiha 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan yoshlarni kimyo faniga qiziqtirish, ushbu fan boʻyicha salohiyatlarini namoyon etish va oliy taʼlim muasssasalariga munosib abituriyentlar tayyorlashga qaratilgan.
— Bugungi kunda yurtimizda aniq fanlar, xususan, kimyo sohasi mutaxassislariga katta ehtiyoj borligi inobatga olinib, mamlakatimiz miqyosida maktab oʻquvchilari bilan professional darajada ishlashni nazarda tutuvchi maxsus loyiha ishlab chiqilgan, — deydi universitetning Toshkent filiali xalqaro aloqalar boʻlimi mutaxassisi Shohrux Mahmudov. — Taqdimotda universitet professor-oʻqituvchilari mavjud taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha mahorat darslari ham oʻtkazishdi.
Aytish joiz, maktabga kimyo fanini oʻqitish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilib, tayanch taʼlim muassasasiga aylantiriladi. Shuningdek, maktab oʻquvchilariga Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent filiali Texnoparkida laboratoriya mashgʻulotlarida qatnashish uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi. Maktab bitiruvchilari Janubiy Koreya kabi xorijiy mamlakatlardagi kimyo texnologiyalariga ixtisoslashgan OTMlarga imtiyozli ravishda oʻqishga joʻnatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring