Qoʻqon shahrida ilk jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi

18:13 11 Oktyabr 2023 Jamiyat
670 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Qoʻqon shahrida joylashgan “Avitsenna Med Servis“ xususiy klinikasiga Hindistonning ”Allengers“ kompaniyasi bilan hamkorlikda yurak-qon tomir jarrohlik markazi tashkil etilib, eng zamonaviy tibbiy jihozlar oʻrnatildi.

Investitsiya dasturi doirasida ushbu loyihani amalga oshirish uchun bir million dollar miqdorida mablagʻ yoʻnaltirildi.

Tantanali ochilish marosimida “Allengers Medical Systems Ltd“ kompaniyasi direktori Ashu Goyal (Ashu Goyal), Fargʻona viloyati va Qoʻqon shahar hokimligi masʼullari, sektorlar rahbarlari, sogʻliqni saqlash, xususan, kardiologiya sohasida katta tajribaga ega hindistonlik va mahalliy shifokorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

— Yangi markazda Qoʻqon shahri va atrof tumanlarda yashovchi yurak xastaligiga chalingan bemorlarga yuqori texnologik tibbiy amaliyotlar oʻtkaziladi,—deydi shifokor Komiljon Sirojiddinov. —Shu tariqa endilikda bemorlarga xorij yoki mamlakatimizning boshqa hududlariga bormay, ushbu markazda jahon andozalari darajasidagi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratildi. Bu hamyurtlarimizga salomatligini tiklash uchun sarflaydigan mablagʻni bir necha barobar tejash imkonini beradi.

Shu kuni rasmiy ochilish marosimidan soʻng markazda hindistonlik va mahalliy shifokorlar ishtirokida ilk murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?