«Qoʻqon — Xonobod» yoʻnalishida poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

16:50 20 Mart 2024 Jamiyat
1201 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Saminjon Husanov/«Xalq soʻzi». Navroʻz bayrami arafasida Fargʻona vodiysi aholisi uchun yana bir imkoniyat yaratildi — «Qoʻqon — Xonobod» yoʻnalishida poyezd qatnovining yoʻlga qoʻyildi.

Ushbu poyezd qatnovi Fargʻona, Namangan va Andijon viloyatlarida istiqomat qiluvchi aholi uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi. Sababi, Qoʻqon shahri vodiyning yirik savdo, Xonobod shahri esa sayyohlik markazi sifatida hamyurtlarimizni oʻziga jalb etgan. Poyezdlar ushbu yoʻnalishda 2 soat 15 daqiqa harakatlanadi. Qatnovlar har kuni amalga oshiriladi. Poyezd bugun oʻzining ilk harakatini boshladi. Uning birinchi yoʻlovchilari nuroniylar, mehnat faxriylari, yoshlar va faollardan boʻldi.

Oldinroq, «Qoʻqon» aeroporti birinchi texnik reysni qabul qilgani haqida xabar bergandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?