«Qoʻqon» aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi
Foto: uzbairportsuz
Fargʻona viloyatida «Qoʻqon» aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. 20-mart kuni ertalab aeroport birinchi texnik parvozni qabul qildi – «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining A320 NEOsamolyoti ekipaji «Qoʻqon» aeroportiga qoʻndi.
Viloyat aeroportida uchish-qoʻnish yoʻlagi 2000 metrgacha uzaytirildi hamda A320 va ATR72-600 rusumli samolyotlar uchun ikkita toʻxtash joyiga ega perron rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, aeroportda 100 kishiga moʻljallangan 900 kv.m maydonli yangi yoʻlovchi terminali qurildi.
«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining tajribali uchuvchilari tomonidan Toshkent — Qoʻqon yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilgan texnik parvoz aerodromning samolyotlarni qabul qilish va joʻnatishga hamda terminalning yoʻlovchilarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatishga toʻliq tayyorligini koʻrsatdi.
Muntazam parvozlarni 2024-yil 1-apreldan boshlash rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring