Qonunchilikka kiritiladigan hamma yangiliklar deputatlar, ekspertlar va jamoatchilik bilan bamaslahat ishlab chiqiladi — Prezident

12:50 11 Fevral 2022 Siyosat
948 0

Foto: president.uz

Yigʻilishda haydovchilarning javobgarligini majburiy sugʻurta qilishda toʻlanadigan sugʻurta badalini jarima ballaridan kelib chiqib belgilash tartibi joriy etilishi belgilandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Shu bilan birga, Yoʻl harakati qoidalari ancha eskirgani, xalqaro standartlar asosida yangidan ishlab chiqilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

“Qonunchilikka kiritiladigan hamma yangiliklar deputatlar, ekspertlar va jamoatchilik bilan bamaslahat ishlab chiqiladi”, dedi Prezident.

Soʻnggi paytlarda yoʻl harakati xavfsizligi inspektori faoliyatiga faol qarshilik koʻrsatish, ularni obroʻsizlantirish holatlari koʻpaymoqda. Qonunlarni koʻrib chiqishda bu masalaga ham alohida eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlandi.

Haydovchilarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni imtihon qilish tizimi tubdan qayta koʻrib chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?