Qonunchilik takliflarini ilgari surish tartibi belgilanmoqda
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yigʻilishida taʼkidlanganidek, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi tarixiy sammiti mushtarak tarix va muqaddas islom dini, boy madaniyat va oʻxshash qadriyatlarga ega aʼzo davlatlar oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, tashkilotni isloh qilish va uning samaradorligini yanada oshirish, xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Shu bilan birga, Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning mamlakatimizga tashrifi doirasida Oʻzbekiston — Italiya oʻrtasida qabul qilingan qaror va imzolangan hujjatlar notinch dunyo muhitida iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish va taraqqiyot yoʻlini izchil davom ettirishda dolzarb ahamiyatga egaligi qayd etildi.
Fraksiya yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamalar markazida boʻldi.
Mazkur qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining va Senatining yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan mutlaq vakolatlari hamda parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, qonunchilik takliflarini ilgari surish va qonunlarni qabul qilishning yangi tartibini amaldagi qonunchilikda belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Deputatlar mazkur qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgani, bunda aholi keng qatlami faol ishtirok etganini eʼtirof etgan holda, uning qabul qilinishi Konstitutsiyamizda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarning Yangi Oʻzbekiston gʻoyasiga hamohang tarzda roʻyobga chiqarilishi va yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda davlat organlarining faoliyati yoʻlga qoʻyilishini taʼminlashga xizmat qilishini taʼkidladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring