Qonun loyihasi bilan ovoragarchiliklarning oldi olinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida “Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama etildi.
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.
Xususan, davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlarida eskirgan byurokratik tartibotlar, shu jumladan, elektron tizim orqali olish imkoniyati mavjud boʻlgan maʼlumotlarni qogʻoz koʻrinishida soʻrab olish, ishni tashkil etish uchun muhim boʻlmagan hujjatlarni talab qilish bekor qilindi.
Koʻrib chiqilgan qonun loyihasi bilan davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish, jumladan, diplom, litsenziya, ruxsatnoma, davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar kabi bir qator faktlarni tasdiqlovchi maʼlumotlarni talab qilishni bekor qilish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, loyiha bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga advokatlik tuzilmalari hamda bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari, matbuot, ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi kooperativlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat bojini BHMning bir baravari miqdorida belgilashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi taklif etilmoqda.
Fraksiya yigʻilishida deputatlar tomonidan qonun loyihasining qabul qilinishi davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada tartibga solishga, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga, davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdorlarini kamaytirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish muddatlarini qisqartirishga xizmat qilishi qayd etildi hamda qonun loyihasi qoʻllab-quvvatlandi.
Shuningdek, yigʻilishda kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring