“Qonun keyingi 2 yil ichida tadbirkorlar tomonidan koʻtarilayotgan muammolar yechimiga qaratilgan” — T. Madumarov

14:16 21 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
720 0

Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun muhokama markazida boʻldi. Qayd etilganidek, Qonun bilan amaldagi Bojxona kodeksining 81 ta moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Mazkur qonun keyingi 2 yil ichida tadbirkorlar tomonidan koʻtarilayotgan muammolarning yechimiga qaratilgan. 

Xoʻsh, hujjat bilan nimalar oʻzgarmoqda?

Bojxona hujjatlarining rasmiylashtirish muddati 3 kundan bir kungacha qisqarmoqda.

Tovar va transport vositalarini bojxona rejimiga joylashtirish bekor qilinyapti.

Qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan tovarlarni bojxonadan chiqarish vakolatli shaxslar tomonidan amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyiladi. Avval bojxona oʻzi istagan narxni qoʻyib, tadbirkorlar manfaati inobatga olinmas edi.

Endilikda nafaqat aeroportlar balki, mamlakatimizning tarixiy shaharlari Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qoʻqon markazlarida bojsiz savdo qiluvchi “Duty Free” doʻkonlari tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер