Qoʻngʻirot tumanida yangi dzyudo sport zali foydalanishga topshirildi

09:50 12 Mart 2022 Jamiyat
845 0

Kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi «Sanaat» MFYdagi 47-umumtaʼlim maktabida sportning dzyudo turiga ixtisoslashtirilgan sport zali qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev, Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi A. Karimov, Qoʻngʻirot tumani hokimi B. Madaminovlar ishtirok etdi.

Sport zalining qurilish ishlari uchun qariyb 3 milliard soʻm mablagʻ ajratilib, 2021-yil oktyabr oyida qurilish ishlari boshlangan edi.

Jahon standartlari talablariga javob beradigan sport zalida sportchilar uchun barcha sharoitlar yaratilib, sport inventarlari bilan jihozlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?