Qoʻmita majlisida muhim masalalar muhokama qilindi
Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”
Bugun Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Senat aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Majlisda Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisida koʻrib chiqiladigan masalalar dastlabki tarzda muhokama etildi. Jumladan, 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil I choragidagi ijrosi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti atroflicha koʻrib chiqildi.
Shuningdek, Oliy Majlis Senatining 2021-yil 28-maydagi “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi SQ-297-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida ham toʻxtalib oʻtildi.
Taʼkidlanganidek, 2021-yilda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻquv markazlarida 18,9 ming fuqaro, shundan 13,3 ming (70,3 foiz) xotin-qiz mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan 40 dan ortiq kasb-hunarga oʻqitildi.
Ishtirokchilar tomonidan oʻrta va oʻrta maxsus maʼlumotga ega fuqarolar uchun mehnat bozorida munosib ish oʻrinlarining hamda kafolatlangan mehnat sharoitlarining yaratilishini qoʻllab-quvvatlash borasida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirilgani taʼkidlandi.
Bundan tashqari, yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, bugungi kunda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishida 7,5 mingga yaqin korxonalarda 360 mingdan ziyod ishchilarning 70 foizidan ortigʻini xotin-qizlar tashkil etmoqda. 258 ta yengil sanoat korxonasining har birida 100 nafardan ortiq xotin-qizlar ishlamoqda.
Ish joylarida mehnat sharoitlarini nazorat qilish, kasb kasalliklari yuzaga kelishining oldini olish, mehnat munosabatlari bilan bogʻliq masalalarda ish beruvchilarning masʼuliyatini oshirishni talab darajasida tashkil etish muhimligiga alohida urgʻu berildi.
Majlisda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar rejasida belgilangan vazifalar yuzasidan vazirlik va idoralarning axboroti ham eshitildi.
Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring