Qoʻmita davlat organlari va tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash koʻrsatkichlarini tahlil qildi
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan vazirlik va idoralarning aholi murojaatlarini koʻrib chiqishga doir faoliyati doimiy ravishda oʻrganiladi va monitoring qilinadi.
Qoʻmitaning joriy yil 29-avgust kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida davlat organlari va boshqa tashkilotlarga 2023-yilning birinchi yarim yilligida kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holatini oʻrganish natijalari muhokama qilindi.
Unda senatorlar, ekspertlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Muhokamada jami 73 ta davlat organi va boshqa tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash koʻrsatkichlari sohalar hamda hududlar kesimida tahlil qilingani va baholangani aytib oʻtildi. Baholash natijalariga koʻra, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Din ishlari qoʻmitasi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ, Fanlar akademiyasi, Toshkent, Namangan va Samarqand viloyatlari hokimliklarida murojaatlar muddatidan kechiktirib hal etilayotganligi, fuqarolarning murojaatlarda koʻtarilgan masalalar yechimidan qoniqish darajasi pasayganligi, takroriy murojaatlarning koʻpaygani maʼlum boʻlgan.
Qayd etilganidek, yoʻllarni taʼmirlash, atrofni maishiy chiqindilardan tozalash, ish bilan taʼminlash, rahbarning shaxsiy qabuli, moddiy yordam, subsidiya kabi masalalar bilan bogʻliq murojaatlar ortgan.
Majlis davomida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Din ishlari qoʻmitasi, Toshkent hamda Namangan viloyatlari hokimliklarining sohaga masʼul boʻlgan rahbar xodimlarining axborotlari eshitildi.
Qayd etilgan kamchiliklar boʻyicha Qoʻmita aʼzolari hamda ekspert-mutaxassislar tomonidan kun tartibidagi masala boʻyicha mutasaddilar hisobotlari eshitildi, taklif va tavsiyalar bildirildi.
Tadbirda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga qatʼiy rioya qilish, murojaatlar bilan ishlashni toʻgʻri tashkil etish, tizimli muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlab, zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish, takroriy murojaatlarning oldini olish, murojaatlarda koʻtarilgan masalalarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish va hal etish kabi vazifalar belgilab olindi.
Muhokamalar yakunida tegishli qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring