“Qoʻyliq” dehqon bozori koʻchiriladi

10:15 05 Yanvar 2024 Jamiyat
459 0

архив сурат

Toshkent shahar hokimligi “Qoʻyliq” dehqon bozorida rekonstruksiya ishlari boshlanishini maʼlum qildi. Bozordagi tadbirkorlar “Food city”, “Tashkent Index” va boshqa savdo majmualariga koʻchiriladi.

"Bozorga olib kelinayotgan mahsulotlar bozor hududiga sigʻmay, atrofidagi hududlarda, shu jumladan Chirchiq kanali boʻyida tartibsiz savdo amalga oshirilayotganligi hamda bozor hududiga kuniga 600 dan ortiq yuk mashinalari kirib-chiqishi avtomobil yoʻllarining tirbandligiga asosiy sabab boʻlmoqda va aholiga jiddiy noqulayliklar yaratmoqda.

Rekonstruksiya davrida tadbirkorlar oʻz faoliyatini “Food city”, “Tashkent Index” va boshqa savdo majmualarida tashkil etilgan qulay sharoitlarda davom ettirilishi taklif qilinadi.

Bunda, tadbirkorlar mulklarini koʻchirish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar (transport, yuklash, tushirish va boshqalar) bepul amalga oshiriladi hamda savdo majmualaridagi doʻkonlar uchun ijara toʻlovlaridan 3 oy muddatga ozod qilinadi.

Shuningdek, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida “Qoʻyliq” massividan bozor hududigacha yoʻl kira xaqqi olinmaydigan 10 ta avtobus yoʻnalishga qoʻyilib, jamoat transporti uchun shoh bekat tashkil qilindi va shaharning barcha yoʻnalishlarga chiqish imkoni yaratildi.

Bozorda faoliyat yuritayotgan 144 nafar ishchi-xodimlarni “Food city”, “Tashkent Index” savdo majmualarida ish bilan taʼminlanadi.

Shu tariqa, bozorlarni tartibga keltirish, koʻchirish yoki rekonstruksiya qilish ishlari poytaxtimiz boʻylab davom etadi va tez orada ular aholi uchun fayzli va obod maskanlarga aylanishiga umid qilamiz" deyiladi hokimlik rasmiy xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер