Qohirada qilichbozlik boʻyicha jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari yakunlandi

11:16 17 Iyul 2022 Sport
430 0

Qohirada qilichbozlik boʻyicha jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari oʻz yakuniga yetdi. 

Unda ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida saralash bosqichida ishtirok etishdi. 

Oʻtkazilgan shiddatli janglar yakunida Umida Ilyasova, Roman Aleksandrov hamda Fayzulla Alimov musobaqadagi ishtiroklarini davom ettiradigan boʻlishdi. 

Endi ular 19-iyul kuni medallar uchun bahs olib borishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?