Qizlar oʻrtasida boʻlgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medallarga sazovor boʻlishdi

12:20 09 Dekabr 2023 Sport
294 0

Foto: Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Bahraynning Manama shahrida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Qizlar oʻrtasida kechgan bellashuvlar Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Jamoaviy dasturda ishtirok etgan Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva hamda Samira Shokirova kvarteti barcha raqiblarni dogʻda qoldirib, oltin medallarga sazovor boʻldi. Hamyurtlarimiz final bellashuvida Bolgariya jamoasini 45:30 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.

Eslatib oʻtamiz, yakkalik yoʻnalishida kechgan bahslarda Gulistan Perdibayeva oltin, Fernanda Errera esa bronza medaliga sazovor boʻlgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер