Qizilqumlik mirishkorning jaydari qovunlari
Konimexlik Tursunqul Abdurazzoqov Yangiqozgʻon ovulidan oʻn chaqirimcha janubda Shodmon qudugʻi atrofida yashaydi. Quduq ancha eski boʻlib, oʻtgan asr nihoyalarida koʻmilib ketgan ekan. Yonidagi yangisidan Yangiqozgʻonga suv tortilgan. T.Abdurazzoqov shu quduqning suv texnigi – nasosni grafik asosida qoʻshib-oʻchirib, elektr liniyasining sozligini nazorat qilib turadi. Oylik maoshi ham shunga yarasha.
Tursunqul akaga bu yumush aslida ota kasb, harbiy xizmatdan qaytishi bilan(1997-yil) qoʻlga oldi.

— Bilak kuchga toʻlgan davrlar edi, zerikkandan koʻmilib ketgan eski quduqni tozalab, suv chiqardim, — deydi T. Abdurazzoqov. — Tegirmon yurgizmaydi-ku, lekin ajabtovur chuchuk suv. Tavakkal qilib, keyingi yil qovun ekdim. Roʻzgʻorga yetarlik hosil oldik. Keyinchalik yoniga tarvuz, qovoq qoʻshdim, yangi yerlar oʻzlashtirdim, shu taxlit 27-yildan beri moy tuproqda jaydari dehqonchilik qilaman.
Konimexlik mirishkorning polizi bugun 3 gektarni tashkil etadi. Umuman oʻgʻit ishlatmagani uchun boʻlsa kerak, mijozlar yoʻldan ogʻrinmay oʻzlari olib ketishadi. Eng muhimi, oilasi yoz neʼmatlariga zoriqmaydi. Yaqinda tuman hokimi uning roʻzgʻor tutumi va tirikchiligini koʻrib, bu tajribani boshqa choʻpon otarlarida ham ommalashtirish zarurligini bildirdi.
Temur ESHBOYEV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring