“Qizilqum“ klubiga intizomiy jazo berildi, “Mashʼal“ va “Paxtakor“ning matbuot xizmatlari jazolanadi

15:53 25 Sentyabr 2025 Sport
69 0

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga

“Shoʻrtan” — “Navbahor lochinlari”

• Superliga 20-turidan oʻrin olgan uchrashuvning 70-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Muhammadbobur Moʻydinovga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Andijon” — “Paxtakor”

• Superliga 20-turidan oʻrin olgan uchrashuvning 90+7-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Shahzod Azmiddinovga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Bunyodkor”

• Superliga 20-turidan oʻrin olgan uchrashuvning 58-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Muzaffar Olimjonovga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Paxtakor” — “Neftchi”

• Superliga 21-turidan oʻrin olgan uchrashuvning 24-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Flamarion Jovino Filhoga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

• Superliga 21-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” — “Neftchi” uchrashuvida “Paxtakor” klubining Telegramʻdagi sahifasi orqali matnli translyatsiya davomida bir necha bor uchrashuv rasmiylariga nisbatan obroʻsizlantiruvchi fikrlar va hakam qarorlariga nisbatan eʼtirozlar bildirilgan. Vaholanki, “Paxtakor” klubi uchrashuvdan soʻng belgilangan vaqt ichida hakamlik yuzasidan hech qanday rasmiy shikoyat kiritmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Paxtakor” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Mashʼal” — “Shoʻrtan”

• Superliga 21-turidan oʻrin olgan “Mashʼal” — “Shoʻrtan” uchrashuvida “Mashʼal” klubining Telegramʻdagi sahifasi orqali matnli translyatsiya davomida bir necha bor uchrashuv rasmiylariga nisbatan obroʻsizlantiruvchi fikrlar va hakam qarorlariga nisbatan eʼtirozlar bildirilgan. Vaholanki, “Mashʼal” klubi uchrashuvdan soʻng belgilangan vaqt ichida hakamlik yuzasidan hech qanday rasmiy shikoyat kiritmagan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Mashʼal” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Shoʻrtan” — “Navbahor lochinlari”

• Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Shoʻrtan” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Shohmalik Komilovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shohmalik Komilovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

• Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Shoʻrtan” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Abubakr Rizo Turdialiyevga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abubakr Rizo Turdialiyevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona” — “Dinamo”

• Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona” — “Dinamo” uchrashuvida “Dinamo” jamoasi murabbiyi Vadim Abramovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Vadim Abramovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Andijon” — “Paxtakor”

• Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Andijon” — “Paxtakor” uchrashuvida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Ibrohim Ibragimovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ibrohim Ibragimovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Bunyodkor”

• Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Temurxoʻja Abduxoliqovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Temurxoʻja Abduxoliqovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

• Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Amir Toʻraqulovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Amir Toʻraqulovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

• Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Bobomurod Bozorovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Bobomurod Bozorovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

• Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Qizilqum” klubi reglament talablarini bajarmadi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Qizilqum” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon” — “Nasaf”

• Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Surxon” — “Nasaf” uchrashuvida “Surxon” jamoasi futbolchisi Dilshod Yoʻldoshevga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Dilshod Yoʻldoshevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Mashʼal” — “Shoʻrtan”

• Superliga 21-turidan oʻrin olgan “Mashʼal” — “Shoʻrtan” uchrashuvida “Mashʼal” jamoasi futbolchisi Zafarbek Akramovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Zafarbek Akramovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Surxon”

• Superliga 21-turidan oʻrin olgan “Navbahor lochinlari” — “Surxon” uchrashuvida “Surxon” jamoasi murabbiyi Stanislav Kudryashovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Stanislav Kudryashovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

• Superliga 21-turidan oʻrin olgan “Navbahor lochinlari” — “Surxon” uchrashuvida “Surxon” jamoasi murabbiyi Fevzi Davletovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Fevzi Davletovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qoʻqon-1912” — “Qizilqum”

• Superliga 21-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” — “Qizilqum” uchrashuvida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Fayzullobek Jumanqoʻziyevga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Fayzullobek Jumanqoʻziyevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер