Qizil kitob qanday tayyorlanadi?

14:14 21 Dekabr 2018 Jamiyat
7368 0

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, Qizil kitob Oʻzbekiston hududida kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va oʻsimliklar muhofazasi, ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.

Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish boʻyicha vakolatli davlat tashkilotlari etib quyidagilar belgilandi:

uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish boʻyicha – Ekologiya va atrof muhitni muhofaza etish davlat qoʻmitasi;

uni nashr etishga tayyorlash boʻyicha – Fanlar akademiyasi.

Nizomga koʻra, Qizil kitobga hayvonot va oʻsimlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) boʻyicha takliflar va tavsiyalarni Fanlar akademiyasining Zoologiya hamda Botanika institutlari ishlab chiqadi.

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yoʻqolib ketish arafasida turgan hayvonlar va oʻsimliklarni muhofaza qilish boʻyicha idoralararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) kamyoblik maqomi va yoʻqolib ketish xavfiga koʻra quyidagi kategoriyalarga mansub boʻladi:

  • kategoriya 0 – (“Ehtimol yoʻqolib ketgan”);
  • kategoriya 1 – (“Yoʻqolib ketish arafasida”);
  • kategoriya 2 – (“Miqdori va/yoki tarqalishi kamayib ketayotgan”);
  • kategoriya 3 – (“Kamyob”);
  • kategoriya 4 – (“Maqomi aniqlanmagan”);
  • kategoriya 5 – (“Tiklangan yoki tiklanayotgan”).

Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va oʻsimliklarning davlat kadastri qonunchilikda belgilangan tartibda Fanlar akademiyasi tomonidan yuritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?