Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirilmoqda

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Qonun bilan Yer kodeksi hamda qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonunda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijarachisi ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlari va majburiyatlarini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi muddati doirasida boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkinligi ko‘zda tutilmoqda.
Yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion, ochiq elektron tanlov yoki tanlov o‘tkazmasdan davlat organlarining qarorlariga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran besh yildan keyin yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kredit olish uchun garovga qo‘yilgan va kredit majburiyati bajarilmagan taqdirda, kreditorlar tomonidan mazkur yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini yerdan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish kiritilmoqda.
Qonunning qabul qilinishi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga berishda shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan elektron onlayn-auksion savdolari joriy etilishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, yer uchastkalari yerdan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda qayta ijaraga berilishi qishloq xo‘jaligi yerlarini bozor aktiviga aylantirish imkonini yaratadi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring