Qishloq xoʻjaligi sohasida dronlardan foydalanish hajmi oshiriladi
“Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida maʼlumot berildi.
Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan 4 mln gektardan ortiq yer maydonlarida ekinlarni ekish va sugʻorish jarayonlarini raqamlashtirish;
- qishloq xoʻjaligi sohasida joriy etilgan 30 tadan ortiq axborot tizimlarini “yagona nuqta”ga birlashtirish orqali foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda maʼlumotlarning oʻzaro muvofiqligi va ishonchliligini taʼminlash.
2026-yil hosilidan boshlab qishloq xoʻjaligi tashkilotlari oʻzlariga tegishli yer uchastkalariga ekish rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasiga (Agroportal) mustaqil joylashtirib boradi.
Agroportal qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat koʻrsatishning “yagona nuqtasi” sifatida eʼtirof etiladi.
Shuningdek, dron xizmatlaridan foydalanish uchun Agroportal orqali ariza berish, shartnomalarni tuzish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Agroportalda quyidagi xizmat turlari joriy qilinadi:
- 2025-yil 1-dekabrdan ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarni belgilash, ijara shartnomasini tuzish, davlat roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish;
- 2026-yil 1-martdan qishloq xoʻjaligi yerlari toifasini oʻzgartirish yuzasidan arizalar berish, ularning holatini onlayn kuzatib borish va natijalarini taqdim etish.
Agroportal orqali uchish balandligi 30 metrgacha boʻlgan dronlar yordamida koʻrsatiladigan xizmatlar vakolatli idoralar bilan kelishilgan hududlarda ularning yillik ruxsatnomalari asosida taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring