Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?

15:44 23 Iyul 2020 Jamiyat
1765 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 97,2 trillion soʻmni tashkil etgan.

2020-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaliklari boʻyicha mahsulotlar yetishtirishda qaysi hududlar yetakchilik qildi?

Qashqadaryoda eng koʻp donli ekinlar yetishtirilgan (619,2 ming tonna mahsulot).

Andijonda eng koʻp sabzavotlar yetishtirilgan (544,3 ming tonna).

Samarqandda eng koʻp kartoshka yetishtirilgan (285,4 ming tonna).

Surxondaryoda eng koʻp poliz ekinlari yetishtirilgan (54,9 ming tonna).

Andijonda eng koʻp meva va rezavorlar yetishtirilgan (233,4 ming tonna).

Surxondaryoda eng koʻp uzum yetishtirilgan (12,6 tonna).

Toshkent viloyatida eng koʻp goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan (141,7 ming tonna).

Samarqandda eng koʻp – 615,7 ming tonna sut olingan.

Toshkent viloyatida eng koʻp – 635,5 million dona tuxum olingan.

Xorazmda eng koʻp – 5607 tonna baliq ovlangan.

Qashqadaryoda 1562,8 ming bosh yirik shoxli qoramol bor.

Qashqadaryoda 4589 ming bosh qoʻy va echkilar bor.

Toshkent viloyatida eng koʻp – 50253 bosh otlar bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер