Qishki sport turlari boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etiladi
Foto: Халқ сўзи
“2026-yil Milan va Kortina-dʼAmpesso shaharlarida (Italiya) boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-303-son, 01.07.2022-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan 2026-yil Milan va Kortina-dʼAmpesso shaharlarida (Italiya) boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash dasturi, tayyorgarlik koʻrish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar va tayyorgarlik koʻruvchi Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining kontingenti tasdiqlandi.
Dastur doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
— Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida zamonaviy muz saroyi;
— Toshkent viloyatida qishki sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa aʼzolari uchun 60 oʻringa moʻljallangan Olimpiya tayyorgarlik markazi;
— Toshkent shahrida Qishki sport turlari boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi.
2023-yildan har yili qishki Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari (respublika sport musobaqalari, xalqaro sport musobaqalari, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, Osiyo hamda Jahon chempionatlari va kuboklari) uchun 15 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratiladi.
Qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari qonunchilikda koʻrsatilgan miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Shuningdek, quyidagi hududlar tegishli sport turlariga ixtisoslashtiriladi:
— Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahri – figurali uchish, xokkey, short-trek, kyorling, paraxokkey, parakyorling sport turlariga;
— Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining togʻli hududlari – togʻ changʻisi, snoubord, fristayl, ski-alpinizm, paratogʻ changʻisi, parasnoubordga.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring