Qirgʻizistondan yiliga 6 million tonna koʻmir yetkazib beriladi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati hokimligida Xitoyning “Shanxi Coal Investment Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Quvasoy shahrida Xitoy investitsiyasi hisobiga Qirgʻizistondan lentali konveyer tizimi orqali yiliga 6 million tonna sifatli va arzon qirgʻiz koʻmiri yetkazib berish loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
Dastlabki qiymati 60 million dollardan ziyod boʻlishi kutilayotgan loyihada Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegarasida har ikki tomonda ikkitadan yirik koʻmir saqlash ombori tashkil etiladi. Bu omborlar uzunligi 1,5 km lentali konveyer tizimi bilan bogʻlanadi. Natijada, har yili viloyatga qardosh mamlakatdan 6 million tonna sifatli va arzon qirgʻiz koʻmiri yetkazib beriladi.
— Oʻtgan yilgi mavsumda aholi, ijtimoiy sohalar hamda tadbirkorlik subyektlari ehtiyoji uchun 11 million tonna koʻmir olib kelingandi, — dedi Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov. — Bu loyihada koʻzda tutilayotgan quvvat nafaqat viloyat, balki mamlakatimizning boshqa hududlari talabini qondirish uchun qoʻshimcha sharoit yaratadi.
Aytish joiz, oʻtgan yili mazkur kompaniya “Kirgizkomur” davlat korxonasi bilan kelishuvga koʻra, mamlakatdagi ikkita kondan koʻmir qazib olish huquqini qoʻlga kiritgan.
Uchrashuvda loyihani amalga oshirish boʻyicha texnik talablardan kelib chiqib, chegara va bojxona xizmati hamda ekologiya sohasi mutasaddilari bilan oʻzaro hamkorlikda ishlash muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring