Qirgʻizistondan 5,2 mlrd soʻmlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs qoʻlga olindi
Qirgʻizistondan 5,2 mlrd soʻmlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanalida maʼlumot berildi.
Unda aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon va Fargʻona viloyatlari boʻyicha boshqarmalari xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Mazkur tadbirda Qirgʻiz Respublikasidan “Vodil avto” chegara bojxona posti orqali Fargʻona viloyati hududiga oʻtgan vaqtida Andijon shahrida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan fuqaro toʻxtatilib, oʻrnatilgan tartibda tekshirilgan.
Tekshiruv natijasida, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari ostiga yashirgan holda, jami 859 dona zargarlik buyumlari va 1 dona qoʻl soatini qoʻshni davlatdan olib kelganligi aniqlangan.
Ekspertlar xulosasiga koʻra, kimyoviy tarkibi oltin hisoblangan, brilliant toshlari bilan bezak berilgan mazkur zargarlik buyumlarining sof ogʻirligi 4 kg. 155 gr. boʻlib, umumiy bahosi 5 milliard 213 million soʻmni tashkil qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Andijon va Fargʻona viloyatlarida yashovchi 10 nafarga yaqin savdogarlar tomonidan Turkiya davlatidan Qirgʻiz Respublikasiga olib kelingan ushbu zargarlik buyumlarini mazkur shaxs 400 AQSH dollari xizmat haqi evaziga chegara bojxona postidan oʻtkazib berishi kerak boʻlgan.
“Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi «a” bandi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida ushbu qimmatbaho buyumlar egalarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring