Qirgʻizistonda fargʻonalik 18 yoshli yigit mashinada jarlikka qulab halok boʻldi
Videodan kadr
Qirgʻizistonda oʻzbekistonlik 18 yoshli yigit mashinada jarlikka qulab vafot etdi. Ushbu holat Fargʻona viloyat IIB tomonidan oʻrganib chiqilgan.
Maʼlum boʻlishicha, voqea kecha, 21-iyul kuni Soʻx-Rishton avtomobil yoʻlining Qirgʻiziston Respublikasi Batken viloyati hududidan oʻtgan qismida sodir boʻlgan.
Soʻx tumani “Lenbur” mahallasida yashovchi voyaga yetmagan 2007-yilda tugʻilgan S.S. “Nexia-3” rusumli avtomashinani Batken viloyati Bujay ayili hududida boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va jarlikka agʻdarilib ketgan. Oqibatda haydovchi S.S. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring