Qirgʻiziston Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda boʻlgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning davlat tashrifi yakunlandi.
Ikki kunlik tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtdi, ularning yakunida yetakchilar Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.
Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilindi. Energetika, avtomobilsozlik va toʻqimachilik sanoatida yirik qoʻshma loyihalarga start berildi.
Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston sanʼat ustalarining konsertini tomosha qildilar.
Bugun yetakchilarning muloqoti Xivada davom etdi. “Xiva gilamlari” kombinatining ishlab chiqarish quvvatlari, “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishildi.
Prezidentlar rafiqalari bilan birgalikda qadimiy Xiva shahrining tarixiy-meʼmoriy durdonalarini ham ziyorat qildilar.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Urganch xalqaro aeroportida Prezident Sadir Japarov va rafiqasini kuzatib qoʻydi.
Shundan soʻng davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring