Qirgʻiziston Prezidenti 2 kunlik davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 18-19-iyul kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi, ularda Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
Oʻzaro savdo hajmini oshirish, biznes va hududlar darajasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni ilgari surish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan foydalanish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashadilar, koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar.
Bir qator qoʻshma loyihalarni ishga tushirish va ikki tomonlama hujjatlar toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan.
Qirgʻiziston rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, tashrif doirasida Qirgʻiziston—Oʻzbekiston biznes-forumi, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi kabi qator tadbirlar ham oʻtkaziladi.
“Tashrif davomida Qirgʻiziston rahbari Oʻzbekistonda Qirgʻiziston madaniyati kunlarining rasmiy ochilish marosimida ham qatnashishi kutilmoqda. Shuningdek, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari ishtirokida amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning onlayn ochilish/ishga tushirilish marosimi boʻlib oʻtadi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring