Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi

Foto: “Turmush.kz”
Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi “Qorasuv” nazorat-oʻtkazish punkti yaqin kunlarda ochilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Turmush.kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, rekonstruksiya ishlari doirasida “Qorasuv” nazorat-oʻtkazish punktigacha boʻlgan yoʻllar kengaytirilgan. Bugungi kunda nazorat punkti ochilishga tayyor. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari ushbu punkt orqali davlat chegarasini kesib oʻtadi.

Prezident Sadir Japarovning Oʻsh viloyatidagi vakolatli vakili Elchibek Jantayevga koʻra, mazkur punkt foydalanishga topshirilsa, “Doʻstlik avtodorojniy” nazorat-oʻtkazish punktida yuklanish kamayadi.

Bundan tashqari, Elchibek Jantayev boshchiligidagi delegatsiya Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi “Intimak” nazorat-oʻtkazish punkti yaqinidagi tiklanayotgan koʻprikni koʻzdan kechirgan.

Maʼlumot uchun, “Qorasuv” nazorat-oʻtkazish punkti 14-yil, “Intimak” nazorat-oʻtkazish punkti esa 2004-yildan beri yopiq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring