Qirgʻiz Respublikasidan magʻlubiyat, Vyetnamdan gʻalaba
Kecha, 6-yanvar kuni Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati musobaqasi start oldi. Kun doirasida “A” guruhining 2 ta oʻyini tashkil etildi.
Dastlabki oʻyinda Vyetnam U-23 terma jamoasi Iordaniya termasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv janubi-sharqiy mintaqa vakilining 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Nguyen Xiu Ming va Nguyen Din Bak mualliflik qildi.
Musobaqaning ochilish oʻyinida esa mezbon Saudiya Arabistoni terma jamoasi Qirgʻiz Respublikasiga qarshi maydonga chiqdi. Uchrashuv 1:0 hisobida Saudiya termasining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinni tomosha qilish uchun “Shahzoda Abdulloh al-Faysal” stadioniga tashrif buyurgan 27 mingdan ortiq muxlislar hal qiluvchi golni 88 daqiqa kutdilar. Oʻyinning asosiy vaqti yakunlanishiga 2 daqiqa qolgan bir paytda “Al-Nasr” hujumchisi Rakan Al-Gʻamdi bahs taqdirini hal etgan golni kiritdi.
Shu tariqa musobaqaning “A” guruhida 1-tur oʻyinlari yakunlandi. Bugun turnirning “B” va “C” guruhlarida ham musobaqalar davom ettiriladi.
Kun doirasida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Livan termasi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring