O‘zbekistonning to'rtta hududida «valyutchiklar» qo'lga tushdi

11:45 11 Mart 2025 Jamiyat
122 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa, Toʻraqoʻrgʻon va Yangi Namangan tumani boʻlimlari hamda IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar Sh.N. va S.X. fuqaro E.M.ga 4 ming AQSH dollarini 51,6 million soʻmga sotgan vaqtida, fuqaro M.B. fuqaro F.T.ga 4 ming 200 AQSH dollarini 54,4 million soʻmga sotgan vaqtida, fuqaro Q.M. fuqaro I.S.ga 3 ming 800 AQSH dollarini 49,4 million soʻmga sotgan vaqtida hamda fuqaro M.U. fuqaro I.S.ga 3 ming AQSH dollarini 42,9 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Oqdaryo tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro D.K. fuqaro M.A.ga 4 ming AQSH dollarini 51,6 million soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur tadbir jarayonida 9 ming 450 AQSH dollari va 130 million soʻm pullar tezkor guruh xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi Departament xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер