Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoda eng kuchli deb eʼtirof etildi
Misrning Sharm El-Sheyx shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) navbatdagi Kongressi oʻtkazildi.
Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, tadbir davomida ortda qolgan davr mobaynida qilingan ishlar sarhisobi oʻtkazilib, yangi yil uchun rejalar koʻrib chiqildi.
Kongressda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbariyati ham ishtirok etdi. Yakunda FIE reytingida birinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi sportchi va jamoalarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Ahamiyatlisi, sablyachi yigitlarimizdan iborat Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur toifada dunyoning eng yaxshi jamoasi deb eʼtirof etildi.
Sablyachilarimiz yil davomida oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon kubogi bosqichlarida 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring