Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston kubogi oʻtkazilmoqda.
Shu kunlarda poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.

19-iyunga qadar davom etadigan ushbu bellashuvlar Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etildi.
Turnir sportchilarimizni 2025-yilgi oʻsmirlar Osiyo oʻyinlariga saralash, yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sport targʻibotini yana-da kuchaytirish, Oʻzbekiston terma jamoasi zaxirasini yaratish va oʻzbek qilichbozlari mahoratini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Musobaqa oʻgʻil va qiz bolalar, faxriy erkaklar va ayollar sablya, rapira hamda shpaga yoʻnalishlarida oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazmoqda.
Bahslar “Paxtakor” qilichbozlik sport zalida boʻlib oʻtyapti.
Sirojiddin Vohidov
(“Xalq soʻzi”) olgan suratlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring