Qilichbozlarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etishadi 

11:32 07 Iyun 2022 Sport
384 0

Shu yilning 10-15-iyun kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida qilichbozlik boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. 

Qitʼamizning eng mohir qilichbozlari jam boʻladigan musobaqada hamyurtlarimiz ham qatnashishadi.

Terma jamoa murabbiylar shtabi mazkur musobaqaga shpaga boʻyicha erkaklar jamoasi va sablya dasturida 1 nafar sportchimizni olib borishni ixtiyor etdi. Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasining maʼlum qilishicha, yigitlarimizdan Roman Aleksandrov, Fayzulla Alimov, Nodirbek Moʻminov, Javohir Nurmatov yurtimiz sharafini himoya qilsa, sablyada Paola Pliyego medallar uchun kurashadi.

Reglamentga koʻra, qilichbozlarimiz 11-iyun kuni shpaga, 12-iyunda esa sablya boʻyicha boʻyicha yakkalik, 14-iyunda shpagadagi jamoaviy dasturlarda ishtirok etishadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?