Qilichbozlarimiz ilk bor Osiyo chempionati finalida!
Koreya Respublikasining Seul shahrida qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun shpaga dasturida jamoaviy yoʻnalishda bellashayotgan yigitlarimiz ilk bor qitʼa birinchiligi finaliga yoʻl olishdi.
Musobaqani Quvayt ustidan qozonilgan gʻalaba bilan boshlagan yigitlarimiz chorak finalda Qozogʻiston, yarim finalda tarkibi Tokio-2020 chempionlaridan iborat Yaponiya terma jamoasini magʻlubiyatga uchratishdi. Endi ular oltin medallar uchun mezbonlarga qarshi bahs olib borishadi.
Qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionati
Erkaklar, jamoaviy shpaga
Saralash: Oʻzbekiston – Quvayt 45:27
Chorak final: Oʻzbekiston – Qozogʻiston 42:40
Yarim final: Oʻzbekiston – Yaponiya 36:35
Final: Oʻzbekiston – Koreya Respublikasi
Jamoamiz tarkibi: Roman Aleksandrov, Fayzulla Alimov, Nodirbek Moʻminov, Javohir Nurmatov.
Qayd etish joiz, shu tariqa qilichbozlik sportida oʻzbekistonlik atletlar ilk bor Osiyo chempionati finaliga yoʻl olishmoqda. Bunga faqat Roman Aleksandrov 2014-yil bronza medaliga sazovor boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring