Qidiruvda boʻlgan “Gryaz” laqabli jinoiy uyushma yetakchisi qoʻlga olindi
Qidiruvda boʻlgan “Gryaz” laqabli jinoiy uyushma yetakchisi qoʻlga olindi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi IIV TQD JQX Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, DXX hamda davlatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan.
Mazkur tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Oʻzbekiston hududida jinoiy uyushma yetakchisi sifatida bir qator jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, qidiruvda boʻlgan va Turkiya davlatida tergovdan yashirinib yurgan “Gryaz” laqabli 1993-yilda tugʻilgan fuqaro Yo.M. qoʻlga olinib, joriy yilning 5-dekabr kuni Oʻzbekistonga qaytarilgan va tergov organlariga topshirilgan.
Ushbu shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112-moddasi 2-qismi, 164-moddasi 4-qismi, 165-moddasi 3-qismi, 173-moddasi 2-qismi va 242-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2023-yilda Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga eʼlon qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring