Qibray tumani hokimining MFYdagi yordamchisi pora bilan ushlandi

14:10 24 Fevral 2026 Jamiyat
283 0

Qibray tumani hokimining MFYdagi yordamchisi qoʻlga olindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻinlaridan biridagi yordamchisi pora bilan ushlangan.

Ushbu shaxs MFY binosi yonida joylashgan va davlat zaxirasida boʻlgan 4 sotix yer maydonini hokimlikda ishlovchi tanishlari yordamida arxiv hujjatlariga soxta maʼlumotlar kiritish orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilgan.

Shundan soʻng, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻidan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер