Qatarda oʻtayotgan jahon chempionati paytida taniqli jurnalist toʻsatdan vafot etdi
Qatarda oʻtayotgan jahon chempionatining Niderlandiya va Argentina terma jamoalari oʻrtasidagi chorak final uchrashuvi vaqtida amerikalik jurnalist, SBS telekanali xodimi, «Bekxem eksperimenti» kitobi muallifi Grant Uol vafot etdi.
Bu haqda uning ukasi ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qildi. Shuningdek, jurnalistning oʻlimini AQSH futbol federatsiyasi ham tasdiqladi. Marhumning ukasi Grantning sogʻligʻi yaxshi ekanini bildirgan.
“Akam sogʻlom edi. Men uning shunchaki oʻlganiga ishonmayman. U menga Qatarda tahdid boʻlganini aytgan edi. Men uni oʻldirilganiga ishonaman!”? deydi ukasi Erik Uol.
Maʼlum boʻlishicha, bir necha kun oldin Gran bezovtalik bilan Doha tibbiyot markaziga murojaat qilgan. Unga bronxit tashxisi qoʻyilgan va dori-darmonlar buyurilgan.
Uchrashuvda Argentina terma jamoasi penaltilar seriyasida Niderlandiyani magʻlub etdi. Qatar mundialining finaliga chiqish uchun ular Braziliya terma jamoasini magʻlub etgan Xorvatiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Chorak finalning qolgan ikki juftligi — Portugaliya — Marokash, Fransiya — Angliya uchrashuvlari bugun boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring