Qatar Netanyahuning ayblovlarini “behuda va xatarli” deb atadi
Qatar Tashqi ishlar vazirligi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Dohani terroristlarga panoh berganlikda ayblagan bayonotlarini keskin qoraladi.
“Qatar davlati bosh vazir Binyamin Netanyahuning mamlakatimiz hududida HAMAS ofisini joylashtirish haqida aytgan behuda va xavfli soʻzlarini qatʼiy tarzda rad etadi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Doha Netanyahuning ayblovlarini “Qatarga qilingan qoʻrqoqona hujumni oqlashga urinish” sifatida baholadi.
Shu bilan birga, vazirlik HAMAS ofisini ochish AQSH va Isroilning oʻzi tomonidan soʻralgan vositachilik jarayoni doirasida amalga oshirilganini eslatdi. Ushbu ofis bir qator garovdagilarni almashish va Gʻazoga nisbatan tuzilgan tinchlik kelishuvlarida hal qiluvchi rol oʻynagani, bu esa xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholangani qayd etildi.
Qatar rasmiylari oʻz bayonotida Doha xalqaro hamkorlar bilan birgalikda harakat qilib, Netanyahuni javobgarlikka tortish niyatida ekanini bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Isroil bosh vaziri Qatarni terroristlarga panoh berganlikda ayblab, Dohaga zarbalar AQSHning 11-sentyabrdan keyin Afgʻonistonda boshlagan harbiy amaliyoti kabi “asosli” ekanini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring