Qashqadaryodagi laboratoriya xalqaro akkreditatsiyani qoʻlga kiritdi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Dastlab ishtirokchilar Koʻkdala tumani dalalarida boʻlishdi. Boshqarma mutaxassislari bu yerda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan laboratoriya tekshiruvlari uchun namunalar oldi. Shu yerning oʻzida OAV vakillariga poliz va sabzavot mahsulotlarining isteʼmolga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash uchun oʻtkaziladigan laboratoriya tekshiruvlari, ularning ahamiyati, tekshiruv uchun namunalar olish tartiblari haqida keng tushuncha berildi. Olingan namunalar Qarshi shahridagi sinov laboratoriyasiga olib kelinib, laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazildi.

— Bugungi kunda boshqarmamiz tasarrufida sanitariya-gigiyena, radiologiya, parazitologiya, bakteriologiya hamda virusologiya laboratoriyalari faoliyat yuritmoqda, — deydi Sanepidqoʻmitaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi Botir Boboyev. – Soʻnggi yillarda hukumatimiz tomonidan sohaga qaratilayotgan eʼtibor natijasida ushbu laboratoriyalarimizning barchasi eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Natijada imkoniyatlarimiz tubdan kengaydi.

Eʼtiborli tomoni, avval mazkur laboratoriyada oʻtkazilgan tahlillar xulosasi faqat respublikamiz miqyosida tan olingan boʻlsa, yaqinda “OʻzDSt ISO/IEC 17025:2019” talablari boʻyicha xalqaro akkreditatsiya sertifikatini ham qoʻlga kiritdi. Bu Sanepidqoʻmitaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasining 192 turdagi mahsulotga xalqaro muvofiqlik sertifikatini berish vakolatiga ega boʻlganini anglatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring