Qashqadaryoda jamoat transporti xizmati uchun zamonaviy 43 ta avtobus xarid qilindi

10:29 13 Yanvar 2026 Jamiyat
251 0

Qashqadaryo viloyatida aholiga jamoat transporti xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari tomonidan yana 43 ta zamonaviy avtobus olib kelindi.

Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan ushbu avtobuslar eng soʻnggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan boʻlib, haydovchi va yoʻlovchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega. Jumladan, transport vositalari zamonaviy isitish va sovitish tizimlari bilan taʼminlangan.

— Shuningdek, har bir bekatga kirib kelish chogʻida chiqish-tushish yoʻlaklari avtomatik tarzda pasayib, nogironligi boʻlgan hamda keksa fuqarolarning erkin harakatlanishi uchun qulaylik yaratadi, — deydi Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi boshligʻi Bobur Yazdanov. — Avtobus harakatni boshlashi bilan keyingi bekat nomi avtomatik tarzda eʼlon qilinadi. Yoʻlovchilar soni esa maxsus sensorlar orqali aniq hisoblab boriladi.

Yangi avtobuslarni foydalanishga topshirish munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda viloyat hokimligi masʼullari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, mazkur transport vositalarining jamoat transporti tizimiga joriy etilishi aholiga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini yanada yaxshilash, qatnovlar xavfsizligi va qulayligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер