Qashqadaryoda “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Shahrisabz tuman sport maktabida Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining yengil atletika yo‘nalishidagi 1-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Shahrisabz shahri, Kitob, Chiroqchi va Shahrisabz tumanlaridan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun bellashdilar. Musobaqa Nizomida belgilangan yengil atletikaning 7 ta turi jumladan, uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash, balandlikka sakrash, nayza uloqtirish, yadro itqitish hamda 100/110 metrga g‘ovlar osha yugurish turlaridan bahslar o‘tkazildi.
Murosasiz kechgan bahslarda kuchlilar aniqlanib, musobaqaning viloyat bosqichiga ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tashkiliy qo‘mitaning diplom va medallari bilan taqdirlandilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring