Qashqadaryoda qoʻlbola aroq ishlab chiqaruvchi yashirin sex aniqlandi

Illyustrativ foto
Qashqadaryoda fuqaro oʻz xonadonida yashirin sex tashkil etib, isteʼmolga yaroqsiz qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Shahrisabz shahri boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. fuqaro I.X.ning Shahrisabz tumani, “Istiqbol” MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qoʻlbola usulda isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 411 dona aksiz marka va yorliqlar, 660 litr spirt, 397 dona yelim qopqoqlar va boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring