Qashqadaryoda qarzdor fuqaro “samosud” qilindi

14:10 05 Avgust 2024 Jamiyat
421 0

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 26-iyul kuni Qarshi shahrida “Nexia-2” rusumli davlat raqam belgisisiz avtomashinada bir guruh shaxslar qarz oldi-berdisi sabab bir fuqaroni kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB holat boʻyicha maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Qarshi shahar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan. Aniqlanishicha, shaharning Temiryoʻlchi mahallasida yashovchi fuqaro S. tanishi A.dan qarz olib, pulini qaytarmasdan kelgan. Oqibatda qarz bergan fuqaro iyun oyi oʻrtalarida ikki nafar tanishi bilan fuqaro S.ni qoʻrqitib qoʻyish maqsadida uni kaltaklagan va holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер