Qashqadaryoda Oʻzbekiston Superkubogi gʻoliblari tantanali kutib olindi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Xabaringiz bor, shu yilning 29-may kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” oʻyingohida Oʻzbekiston professional futbol ligasi tomonidan anʼanaviy ravishda oʻtkazib kelinayotgan Oʻzbekiston Superkubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Unda 2023-yilgi mavsumda Superliga gʻolibi boʻlgan “Paxtakor” hamda Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan “Nasaf” jamoalari oʻzaro bahs olib borishdi.

Oʻyinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangach, gʻolib penaltilar seriyasida aniqlanadigan boʻldi. Oʻziga xos “futbol lotereyasi”da esa “ajdarlar”ning qoʻli baland keldi.

Shu tariqa poytaxtdan “Superkubok”ni olib qaytayotgan “Nasaf” jamoasi bugun Qarshi xalqaro aeroportida Qashqadaryo viloyati hokimligi masʼullari, OAV vakillari hamda muxlislar tomonidan tantanali kutib olindi.

Kecha hissiyotlar oʻzgacha boʻldi, — deydi “Nasaf” jamoasi darvozaboni, musobaqaning eng yaxshi oʻyinchisi Abduvohid Neʼmatov. — Bu gʻalabada jamoamiz muxlislarining alohida hissasi bor. Ularning ishonchi, qoʻllab-quvvatlashi bizga yanada kuch berdi. Bundan keyin ham muxlislar ishonchini oqlashda davom etamiz.

Maʼlumot oʻrnida: Qarshining “Nasaf” jamoasi 1997-yildan buyon mamlakatimiz va Osiyo miqyosidagi nufuzli musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Shu vaqtga qadar jamoa 1 marotaba Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi, 4 marotaba Oʻzbekiston Kubogini qoʻlga kiritgan. Jamoa muzeyidagi “Superkubok”lar soni esa endi uchtaga yetdi.
Shuningdek, “ajdarlar” futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionatining 4 marotaba kumush, 11 marotaba bronza medallari sohibi sanaladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring