Qashqadaryoda molxonasiga kannabis ekkan shaxs ushlandi

Foto: Qashqadaryo IIB
Qashqadaryoda viloyat IIB va Koson tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda ogʻu shaydosining kirdikorlari fosh etildi, deb xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.
Maʼlum qilinishicha, tumanning Saripul mahallasida yashovchi A.J. molxonasida togʻoraga 22 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelgani aniqlangan.
“Nam holdagi kannabis oʻsimligining ogʻirligi 35,7 gramm chiqdi”, deb yozadi IBB axborot xizmati.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring