Qashqadaryoda YPX xodimi bilan janjallashgan haydovchi qamoqqa olindi

Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida YPX xodimiga faol qarshilik koʻrsatgan Cobalt haydovchisi qamoqqa olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Zamon” informatsion dasturida maʼlum qilinishicha, belgilangan hududda xizmat olib borayotgan IIO xodimi toʻxtash taqiqlangan joyda qoldirib ketilgan “Cobalt” avtomashinasi haydovchisidan hujjatlarini taqdim etishini soʻragan.
Biroq fuqaro xodimning qonuniy talabiga boʻysunmasdan, janjal koʻtargan va mashinaga oʻtirib, voqea joyidan qochib ketishga uringan. Shu vaqtda YPX inspektorlari haydovchini qonun talablariga boʻysunishga chaqirib, avtomashinadan tushirgan. Bundan gʻazablangan fuqaro xodimlariga nisbatan kuch ishlatib, janjal keltirib chiqargan.
“YPX xodimlariga boʻysunmay qochishga harakat qildim. Ular meni mashinadan tushirib olishgani sababli jahlim chiqib, janjallashib ketdim. Hammadan uzr soʻrayman”, deydi haydovchi.
Qayd etilishicha, hozirda qoidabuzar haydovchining avtomobili jarima maydoniga qoʻyilgan. Fuqaroning oʻziga esa Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring