Qashqadaryoda fuqaro Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi bilan ayblanmoqda

17:09 11 Noyabr 2024 Jamiyat
291 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Shahrisabzda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarish holati fosh etdi. Bu haqda Departamentning xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda bu huquqbuzarlik qayd etgan.

“Kesh” MFYda yashovchi fuqaro N.Q. oʻzining yashash xonadonining yertoʻlasida yashirin sex tashkil etib, yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, 604 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 320 kilogramm chigit, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?