Qashqadaryoda dehqon bozorlarida narx-navoning barqarorligini taʼminlash boʻyicha yangi tizim qilinadi
Illyustrativ foto
Qashqadaryo viloyatida dehqon bozorlarida narx-navoning barqarorligini taʼminlash boʻyicha yangi tizim yoʻlga qoʻyiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga barcha dehqon bozorlari faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha topshiriq berdi.
“Soʻnggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qilayotgan islohotlarimiz oʻz samarasini berayapti”, dedi Prezident.
Birgina misol, Qashqadaryodagi 34 ta sogʻliqni saqlash muassasasida pullik xizmatni raqamlashtirish hisobiga tushum 15 milliard soʻmga oshdi.
Mutasaddilarga bir oyda korrupsiyaviy holatlar salmogʻi katta boʻlgan taʼlim, bandlik, qurilish sohalarida, Qarshi shahri, Koson va Qarshi tumanida ushbu tajribani ommalashtirish, viloyatni “korrupsiyadan holi” qilish boʻyicha tizimli ishlash topshirildi.
“Koʻrib turganingizdek, Qashqadaryoda amalga oshirishni rejalashtirgan ishlarimiz koʻlami keng. Lekin bugungi shiddatli oʻzgarishlar zamoni bizdan yanada koʻproq izlanishni taqozo etyapti.
Belni mahkam bogʻlab ishga kirishsak, biz ololmaydigan marra, biz zabt eta olmaydigan dovonning oʻzi yoʻq.
Amir Temurdek buyuk ajdodimizdan jasorat, matonat, bagʻrikenglik kabi fazilatlarni meros qilib olgan mehnatsevar, samimiy va oliyjanob Qashqadaryo ahli bilan oldimizga qoʻygan katta-katta marralarga albatta erishamiz. Aminmanki, qashqadaryoliklar barcha islohotlarimizning oldingi safida boʻladi”, dedi davlatimiz rahbari soʻzining yakunida.
Yigʻilishda viloyat va respublika mutasaddilarining hisobotlari, tadbirkor va faollarning takliflari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring