Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shugʻullanib kelgan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi (+video)

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Unda aytilishicha, Qarshi tumanining “Alisher Navoiy” mahallasidagi xonadonlarning biriga, tonggi 04:00 lar atrofida uch nafar niqob kiygan nomaʼlum shaxslar devor orqali kirib, uy egasi, turmush oʻrtogʻi va farzandiga tan jarohati yetkazgan.
Maʼlum boʻlishicha, jinoiy guruh aʼzolari ulardan pul talab qilgan hamda uydagi shkafda boʻlgan tilla taqinchoqlarni olib chiqib ketishgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 164-moddasi, 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tadbirlar natijasida gumonlanuvchilar “Nexia-2” avtomashinasida davlat raqamisiz hodisa joyida harakatlangani aniqlangan.
Jinoiy harakatni sodir etgan uch nafar gumonlanuvchining shaxsiga aniqlik kiritilib, ulardan biri qoʻlga olingan. Shuningdek, bosqinchilik jinoyatini sodir etishda jabrlanuvchi toʻgʻrisida maʼlumot bergan shaxs ham ushlanib, ushbu guruh 2024-yil 26-noyabr kuni qarshi tumanida sodir etilgan boshqa bir bosqinchilik jinoyatiga ham aloqador ekanligi maʼlum boʻldi.
Taʼkidlanishicha, ushbu jinoiy harakatda ishtirok etgan 1985-yilda tugʻilgan, Qarshi shahrida yashovchi yana bir shaxs qoʻlga olingan.
“Hozirda uch nafar gumonlanuvchilar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, — deyiladi IIV xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Andijon viloyati hokimi 15 yoshli qizni zoʻrlagani toʻgʻrisidagi xabarlarga izoh berildi
- Surxondaryodagi bozorda begona ayol 3 yoshli qizchani pichoqladi
- CEFR imtihonining oʻtkazilish sanalari maʼlum boʻldi
- “Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi
- Yoʻl harakati qoidabuzarliklarning jarima ballari qachondan kuchga kiradi?
- “Asosiy tarkibdagi oʻrningiz kafolatlanmagan”: Oʻzbek futboli jamoatchiligi Abduqodir Husanovning faoliyatidan xavotirda. Gvardiolaning Husanov haqidagi soʻnggi fikrlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring